Tashkilotda Transformatsion Jarayonlar
Transformatsiya — bu tuzilma, jarayonlar, tashkiliy madaniyat va insonlar uchun sinov davridir. O‘zgarishlar o‘sish uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin, lekin ular qarshilik, noaniqlik va samaradorlikning pasayishiga ham olib kelishi ehtimoldan xoli emas.
Biz tashkilotlarni transformatsion loyihalarda har bir bosqichda qo‘llab-quvvatlaymiz — diagnostikadan va yangi tuzilmani loyihalashdan boshlab, o‘zgarishlarni samarali kommunikatsiya qilish va joriy etish, shuningdek, yangi sharoitda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirishgacha.
Kompaniyalarga qayta tashkil etish va tuzilmani optimallashtirishda, outsourcing va offshoring modellarini joriy etishda, shuningdek, qo‘shilish va sotib olish (M&A) jarayonlarida — tayyorgarlikdan tortib, integratsiyagacha yordam beramiz.
Biz bilamizki, transformatsiyalar faqat qog‘ozda amalga oshmaydi — ularning muvaffaqiyati odamlarning ishtirokiga bog‘liq. Shu bois rahbarlar va jamoalar bilan ishlaymiz, ularga o‘zgarishlarni tushunishda, ularga moslashishda va yangi sifatdagi faoliyatni ongli ravishda qurishda yordam beramiz.